
Otabek Shukurov: Oldimizga qo‘yilgan vazifani gapirib emas, maydonga chiqib isbotlashimiz lozim
Bugun Osiyo kubogi ikkinchi turidan oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasining Hindistonga qarshi o‘yini oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov ham ishtirok etdi.
- Biz ikkinchi o‘yinga tayyormiz. Birinchi turda durang o‘ynadik, lekin yutqazmadik. Suriya tartibli o‘ynadi. Chunki ularda ham yaxshi murabbiy ishlayapti. Kuper bizda ham ishlagan. Lekin keyingi turlarda g‘alaba qozonamiz, degan umiddaman.
Hindistonni o‘rganishda davom etyapmiz. Birinchi uchrashuvni kuzatdik. Juda ham tartibli jamoa, munosib raqib, yaxshi o‘yin bo‘ladi. O‘zimizning imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilamiz.
Terma jamoadagi har bir bahs juda muhim. Chunki ortimizda ota onamiz, xalqimiz turadi. Oldimizga qo‘yilgan vazifani gapirib emas, maydonga chiqib isbotlashimiz lozim, - dedi Otabek Shukurov.
Fikrlar