O‘zbek futbolchisi jamoadan ketadi, uni Evropa va er kurrasining narigi burchagida kutishyapti!

  • 24 dekabr, 2024, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolining yorqin tarbiyalanuvchilaridan biri Umarali Rahmonalievning professional faoliyatida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Maydonda bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan 21 yoshli yarim himoyachi 2022 yilning noyabridan beri Rossiya chempionati ishtirokchisi “Rubin” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ta’kidlash joizki, iste’dodli futbolchimiz hali yoshligi va raqobat kuchliligi bois Rossiya Premer-ligasida etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Xususan, joriy mavsumda Umarali chempionatda ikki marotaba maydonga tushib, eami 78 daqiqa to‘p tepdi.

Rossiya kubogi doirasida Rashid Rahimov uni besh bor sinovdan o‘tkazdi. Legionerimiz 438 daqiqa o‘ynab, bitta assist muallifi ham bo‘ldi.

Tabiiyki, bu ko‘rsatkichlar va berilayotgan imkoniyat o‘yinchining o‘sishi uchun etarli emas. Uning tengdoshi Abbosbek Fayzullaev 2024 yil davomida Rossiya Premer-ligasida eng ko‘p – 3942 daqiqa maydonda harakat qilib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Yoki undan bir yosh kichik bo‘lgan Abduqodir Husanov Frantsiyaning eng zo‘r himoyachilaridan biriga aylangan va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib kelmoqda.

Rossiyadagi nufuzli manbalardan biri –   championat.com portalining yozishicha, 2025 yilning boshidan Umarali Rahmonaliev faoliyatida o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda.

Legionerimiz manfaatlarini himoya qilayotgan agentlardan Raul Abdurahmonov futbolchi qishki transferlar oynasi davrida Qozon klubini tark etishga tayyorligini ma’lum qildi.

- Katta ehtimol bilan Umarali Rahmonaliev qishda ijaraga beriladi yoki to‘liq transfer qilinadi. Hammasi, boshqa klublar unga qay darajada qiziqish bildirishiga bog‘liq.

Hozircha aniq shakllantirilgan taklif yo‘q. Lekin qiziqayotganlar bor. Ular maqsadlariga aniqlik kiritib olishini kutyapmiz. Ayni paytda Rahmonalievga qiziqayotgan ikki klub bor, biri Avstraliyadan, ikkinchisi Turkiyadan.

Biz “Rubin” bilan bu masalani muhokama qildik. Men Moskvaga borib, Rahmonalievning kelajagini muhokama qildim. Biz uni ijaraga berish yoki har tomon uchun maqbul narxda transfer qilish bo‘yicha kelishib oldik, - dedi Raul Abdurahmonov.

Eslatib o‘tamiz, asli namanganlik Umarali Rahmonaliev  “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Qardirg‘ochlar” safida O‘zbekiston  Superligasida ham ishtirok etib, o‘z hisobiga sakkizta gol va bitta assist yozdirib qo‘ygan.

“Rubin”ga ko‘chib o‘tganidan beri 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita assist qayd etdi.

Rahmonaliev O‘zbekistonning 19, 20, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalarida o‘ynab keladi. Umarali sardorlik qilgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 2023 yili Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, Argentinadagi jahon chempionatida ishtirok etdi.

2024 yilning boshida Umarali O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo kubogida ikkinchi o‘rinni egallab, yozda o‘zbek futboli tarixida ilk bor Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi.

Abduqodir sinovdan yaxshi o‘tdi: Superklub Husanovni kutyapti!

Fayzullaev Rossiyada, Hamrobekov O‘zbekistonda yil rekordini o‘rnatdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
23/12/2024 20:27
"Ўзбек футболчиси жамоадан кетади, уни Европа ва ер куррасининг нариги бурчагида кути шяпт".
Ўта тўмтоқ сарлавҳа. Европа ва ер куррасининг нариги бурчаги қаер? Америками? Агар шундай бўлса бу ёлғон хабар. шарнинг бурчаги бўлмаслигини наҳот билишмаса?! Ғовлаганлар.
&
Давлат
23/12/2024 17:28
Hurmatli admin, er qurrasi emas yer qurrasi ,o'ladi.