O‘zbek hujumchisi – legionerlar orasida to‘purar!

  • 27 aprel, 2023, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston futbolini yoritib borayotgan kazfootball.kz sayti mamlakat futbolida so‘nggi 30 yil davomida to‘purarlik qilgan 100 nafar futbolchi ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Tecno

Ro‘yxat ikki xil bo‘lib, birinchisida Qozog‘iston chempionati Premer-ligasida eng ko‘p to‘p kiritgan charm qo‘lqop ustalari qayd etildi.

Ikkinchi ro‘yxatga 1992-2022 yillar davomida Qozog‘iston kubogida raqiblar darvozasini eng ko‘p ishg‘ol qilgan 100 nafar futbolchi kiritildi.

Aytish joizki, har ikki ro‘yxatda faoliyatini hamon davom ettirayotgan futbolchilarga ham joy ajratilgan.

Demak, 1992-2022 yillar davomida Premer-ligada eng ko‘p gol urgan futbolchi Nurbol Jumaskaliev hisoblanadi. Yarim himoyachi ampluasida o‘ynagan mohir o‘yinchi milliy chempionatlarda raqiblar darvozasini 167 marotaba ishg‘ol qilgan.

Qozog‘iston chempionati yuqori divizionida jami sakkiz nafar futbolchiga yuzlik dovonni oshib o‘tish nasib qilgan. Ular orasida yagona xorijlik o‘yinchi Ulug‘bek Baqoevdir.

58772c84f0e17

Legionerimiz qo‘shni mamlakat Premer-ligasida “Tobol”, “Jetisu”, “Irtish” jamoalari sharafini himoya qilib, jami 111 ta gol muallifi bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bilan Baqoev umumiy reytingda oltinchi pog‘onada qayd etilgan.

Yana bir mohir to‘purarimiz Ja’far Irismetov Qozog‘iston futbolida “Qayrat”, “Olma-Ota”, “Aktobe” klublarida to‘p tepgan. Tajribali forvard chempionat o‘yinlarida raqiblar darvozasini 61 marotaba ishg‘ol qilgani qayd etilgan.

Baqoev bu mamlakatda to‘rt marotaba, Irismetov ikki bor milliy chempionatning eng zo‘r to‘purari bo‘lgan.

Chempionat to‘purarlari reytingidan o‘rin olgan legionerlar orasida Ulug‘bek Baqoev va Ja’far Irismetovdan tashqari Kot-d’Ivuar, Braziliya,  Xorvatiya, Rossiya, Gana, Turkmaniston, Bolgariya, Moldova, Ukraina, Senegal va Armaniston vakillari ham bor.

Sayt ma’lumotlariga ko‘ra,  Qozog‘iston kubogi to‘purarlari ro‘yxatini   Andrey Finonchenko boshqarib turibdi. “Shaxtyor” futbolchisi kubok o‘yinlarida o‘z hisobiga jami 23 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Bu reytingda o‘zbekistonlik futbolchilardan uch nafarini ko‘rish mumkin. Ja’far Irismetov o‘zi o‘ynagan uchta jamoa safida kubok bahslarida 14 ta gol muallifi bo‘lgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikki futbolchi bilan 11-pog‘onani bo‘lishib turibdi.

Jafar-Irismetov-10

Ulug‘bek Baqoev “Tobol” uchun uchta, “Irtish” safida ettita jami, o‘nta gol bilan bir necha o‘yinchi bilan barobar 25-pog‘onadan joy olgan.

Futbolchilik faoliyatini davom ettirayotgan Igor Sergeev 2021 yilning yozida “Tobol” safiga qo‘shilganidan keyin kustanayliklar uchun Qozog‘iston kubogida olti marotaba raqiblar darvozabonini ojiz qoldirdi. 29 yoshli hujumchimizda hali bu ko‘rsakichini yaxshilash uchun imkoniyat etarli.

Shuningdek, Igor Sergeev Qozog‘iston Premer-ligasida “Aktobe” va “Tobol” jamoalari uchun 23 ta gol urgan.

Rosado Bektemirning zo‘rligini tan oldi va boshqa ringga qaytmaydigan bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziev revansh haqida o‘tkir fikr bildirdi!

O‘zbekistonlik hujumchi ko‘p gol uryapti

Legionerimiz ikki goli bilan eng zo‘rlar qatoriga qo‘shildi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
27/04/2023 10:59
Қайрат(Олма ота)ни иккита жамоа қилиб ёзибсилар. "Қайрат, Олма Ота", деб.