
O‘zbek klubi faoliyatini to‘xtatdimi? - Diyor Imomxo‘jaev javob berdi
Internetda Farg‘onaning "Istiqlol" klubi tugatilgani borasida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumot bo‘yicha PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagilarni ma’lum qildi:
- Farg‘onaning "Istiqlol" klubi faoliyatini davom ettira olmasligi bo‘yicha xat bilan murojaat qildi. Bu biz uchun qayg‘uli xabar. Chunki "Istiqlol" kam sonli xususiy klublardan biri hisoblanadi.
Afsuski, Farg‘onadagi "Istiqlol" arenasi masalasi ijobiy hal etilmadi. "Neftchi" ham, "Istiqlol" ham undan surgun qilingan. Pro liga uchrashuvlari translyatsiyasini yo‘lga qo‘yib, cho‘lli G‘uzordan, chekka Yaypandan, tog‘li Zomindan jonli efirga chiqdik. Ammo Farg‘onaning qoq markazida joylashgan arenada birorta futbol ko‘rmadik.
O‘zPFL "Istiqlol" futbol klubidagi ish o‘rnidan chetda qolayotgan futbolchilarga boshqa jamoalarga o‘tish imkoniyatini yaratib beradi. Farg‘onalik yuz minglab futbol muxlislariga esa mustahkam sabr tilaymiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar