O‘zbek tennischisi Federerning hamyurtini kutmoqda
Qirg‘izistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Behzod Rasamatovning o‘yini muxlisu mutaxassislarda iliq tassurot qoldirmoqda.
Musobaqani saralash turniridan boshlagan hamyurtimiz asosiy to‘rda ham muvaffaqiyatli o‘ynamoqda. Dastlabki ikki uchrashuvda mezbonlar vakili Omon Usmonalievni 6:2, 6:3, o‘zbekistonlik David Bagrinovskiyni 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Behzod chorak finalga chiqdi.
Iste’dodli tennischimiz yarim final yo‘llanmasi uchun bahsda shveytsariyalik Yan Shaller bilan raqobatlashadi.
Behzod Rasamatov juftlik bellashuvlarida David Bagrinovskiy bilan birga chorak finalda kortga chiqadi.

Fikrlar