O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni o‘yinida mushtlashuv bo‘lganmidi?

  • 28 noyabr, 2019, 15:33
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz, Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qilishicha, Osiyo chempionati saralash o‘yinida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari va saudiyaliklar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

- Saudiya Arabistonidagi hamkasblarimizning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralashi o‘yinidan so‘ng ular va bizning terma jamoamiz vakillari o‘rtasida mushtlash yuz bergan. Menda o‘sha voqea aks etgan video bor. Ammo OFK intizom qo‘mitasi bu bo‘yicha o‘z qarorini ma’lum qilmaguncha videoni e’lon qilmayman. Tashkilotning qarori kelasi yil oktyabr oyida Osiyo chempionatini qabul qildigan terma jamoa uchun salbiy bo‘lishi mumkin. Mushtlashuv tafsilotlari bu terma jamoa rahbariyatidagi kutilmagan o‘zgarishlarga olib kelgan bo‘lishi mumkin, - deya ma’lum qildi Alisher Nikimbaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
BBS UZB
28/11/2019 16:20
Otabek G'ulomxo'jayevmi?