
Mirjalol Qosimov muhim g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Albatta, g‘alabadan xursandmiz. O‘yindan keyingi futbolchilarning kayfiyati zo‘r. O‘yindan avval og‘ir bo‘lishini kutgan edi. Chiroyli, kurashlarga boy bo‘lib o‘tdi. Agarda bosh hakam yana hakam qo‘shib berganda 3-bo‘limda ham harakat qilgan bo‘lar edik. Baribir o‘yinni qayta ko‘rib, xatolarni aniqlab olishimiz kerak. Ikki jamoada ham uchrashuv davomida taktika o‘zgarib bordi. Shu bilan birga, "sherlar"ga keyingi bellashuvlarda omad tilab qolaman".
Bu mavsumdagi stabillik bo‘yicha muammo bo‘lmoqda. Buni qanday izohlaysiz?
"Nazarimda, "Sho‘rtan"ga qarshi uchrashuv barchasini o‘zgartirib yubordi. FIFA kunlari ham bunga ta’sir o‘tkazdi.
Tanaffusdan so‘ng yoshlar ham tarkibimizga qo‘shib olinmoqda va jamoaga yordam bermoqda".
Bugun yuqori pressing berilishini talab qilgan edingizmi?
"Birinchi davradagi uchrashuvda ham shunday sxema asosida o‘ynab, g‘alaba qozongan edik. Bugun ham shu sxemani tanladik. Agarda qaysidir jamoa kichik imkon bersa, Paxtakor buni kechirmasligini barchamiz bilamiz. Shu sabab, bu o‘yin uslubini tanladik".
2-davradan oldin nega transferlar kam bo‘lmoqda?
"Hozirgi kunda moliyaviy tomon ham imkoniyatim yo‘q, top futbolchilarni jalb qilishga. Bundan tashqari, hozirgi qo‘l ostimdagi bolalarga ham ishonaman".
Legioner tanlashda qaysi omilga tayanasiz?
"Avvalambor, barcha futbolchilarning statistikasiga qaraymiz. Keyin esa boshqa xususiyatlarini ko‘rib, tanlashga harakat qilamiz", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi olmaliqliklar mutaxassisi.
Fikrlar
миржалол акага рахмат