O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi
Bilasiz, 14 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralashi doirasida o‘z maydonida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.
Oldinroq xabar berganimizdek, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va bu orqali chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Ishqibozlar endilikda vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilishlari mumkin. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda muxlislar mazkur uchrashuv chiptalarini 3 xil toifada harid qilishlari mumkin:
1-toifa – 15 000 so‘m;
2-toifa – 25 000 so‘m;
CIP – 35 000 so‘m.

Fikrlar