
O‘zbekiston - Hindiston uchrashuvini jonli efirda tomosha qiling (video)
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi "Osiyo kubogi-2022" saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan.
Olmaliq shahrida start olgan mazkur yig‘inga bosh murabbiy Bahrom Norsafarov 23 nafar futbolchini jalb etdi. Yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik o‘yininibugun OKMK stadionida Hindiston ayollar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O‘FA matbuot xizmati ushbu bellashuvni jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan. Bellashuv soat 16:00 da start oladi.
Shuningdek, terma jamoamiz 11 aprel kuni Belurus termasi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar