
O‘zbekiston - Janubiy Sudan: Matnli translyatsiya
O‘zbekiston hamda Janubiy Sudan terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvidan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib boring!
90+2. O‘yin yakuniga etdi. Vakillarimiz 3:0 hisobida Janubiy Sudandan ustun keldi.
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
89. Sherzod Temirov jarima zarbasi ichida yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi, biroq uning zarbasi darvoza to‘sini yuqorisidan o‘tib ketdi.
85. Janubiy Sudanning havfli hujumini Islomjon Qobilov qaytarib yubordi.
82. Nasrullaev raqib jarima maydoniga yaqin nuqtada yiqilib tushdi, biroq hakam fol qayd etmadi.
79. O‘zbekiston terma jamoasida yaqin masofadan jarima zarbasi tepish imkoniyati vujudga keldi, biroq besamar.
77. Vakillarimiz raqib jarima maydoni atrofida to‘pni egallab turibdi.
74. O‘yin tempi biroz past. Maydon markazida vakillarimiz to‘pni egallab turibdi.
71. Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov o‘rniga Sherzod Temirov va Oybek Bozorov maydonga tushdi.
67. Hamyurtlarimiz 11 metrlik jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
63. Hujumda to‘p yo‘qotildi. Afrikaliklar autdan to‘pni o‘yinga kiritib beradi.
61. Vakillarimiz hujumga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.
58. Aziz G‘anievning jarimadan tepgan ajoyib zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
57. Sardor Sobirxo‘jaev va Shahboz Umarov maydonga tushdi. Akmal Mozgovoy va Hojimat Erkinov zaxiraga olindi.
56. Vakillarimiz yaqin masofadan jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
54. Hamyurtlarimiz maydon markazida mayda paslar bilan to‘pni egallab turibdi.
51. Jalolliddin Masharipovning erlatib tepgan jarima zarbasiga aniqlik etishmadi.
50. Masharipovga nisbatan raqib jarima maydoni atrofida o‘yin qoidasi buzildi. Vakillarimizda gol urish uchun yaxshi imkoniyat!
48. Aziz G‘aniev maydon markazida raqibga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi.
46. Terma jamoamiz tarkibida o‘zgarish. Javohir Siddiqov o‘rniga Aziz G‘aniev maydonga tushdi.
46. Ikkinchi bo‘limga start berildi.
45. Birinchi bo‘lim yakuniga etdi. Hozircha vakillarimiz 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
44. Raqib jamoa futbolchisi jarohat olgan ko‘rinadi.
42. Vakillarimiz burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
41. Masharipov raqib xatosidan so‘ng yaxshi vaziyatga chiqib bordi va zarba yo‘lladi. Uning zarbasiga aniqlik etishmadi.
38. Terma jamoamizdan ajoyib hujum. So‘nggi pallada Masharipov to‘pni havolatib sherigiga tashlab berdi, Mozgovoyning zarbasiga aniqlik etishmadi.
35. Masharipov Shukurovni yaxshi vaziyatga chiqardi, Otabekning jarima maydoni markaziga uzatgan to‘pi himoyachilar tomonidan qaytarildi.
34. Raqib futbolchisining havfli zarbasini Rahimov qaytarib yubordi.
31. Shomurodov birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, biroq raqib jamoa darvozaboni to‘pni qaytardi.
29. GOOOOOOOOOL! Siddiqovning pasidan so‘ng Eldor birga-bir vaziyatga chiqib bordi va oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
27. Masharipovning uzatmasidan so‘ng Nasrullaev yaxshi vaziyatga chiqib borayotgandi. Himoyachilar ishonchli o‘ynadi.
24. Masharipov o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi.
21. Darvozabonimizning xatosidan so‘ng raqiblarda ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi. Bir qator urinishlardan besamar yakunlandi. Hammasi bizning foydamizga hal bo‘ldi.
19. Hojimat Erkinovga nisbatan maydon markazida o‘yin qoidasi buzildi.
18. Terma jamoamiz yana bir havfli hujum uyushtirdi. So‘nggi zarba darvozabon tomonidan qaytarildi.
16. Janubiy Sudan qarshi hujumga chiqib ketdi. Bo‘sh qolgan darvozamizga zarba yo‘llandi, biroq Saitov to‘pni qaytarib qoldi.
15. Shomurodovning jarima maydoni markaziga uzatgan to‘pi himoyachilar tomonidan qaytarildi. Vakillarimiz foydasiga burchak to‘pi.
14. Vakillarimiz pozitsion hujumga hozirlik ko‘rmoqda.
12. Masharipov chiryli tarzda raqiblarni ortda qoldirgandi, biroq raqiblar unga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Terma jamoamiz foydasiga jarima zarbasi.
10. Masharipovning zarbasini darvozabon qaytarib yubordi.
9. Shomurodov qochib ketayotgan bir paytda raqiblar qo‘pollik evaziga uni to‘xtatib qoldi.
6. GOOOOOOOOOL! Shomurodov jarima maydoni ichidagi palapartishlikdan unumli foydalanib, tovoni bilan to‘pni darvozaga kiritib yubordi.
5. Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tdi, biroq hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
4. Janubiy Sudan jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
3. Maydon markazida to‘p uchun kurash kechmoqda.
2. Raqiblar jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
1. Bahsni afrikaliklar boshlab berdi.
1. O‘yinga start berildi.
17:59. Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.
Fikrlar