
O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvi translyatsiya qilinmasligi borasidagi xabardan so‘ng Vadim Abramov va "Sport" TV...
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va oradan 5 kun o‘tib, Falastin bilan o‘yin o‘tkazadi.
Mazkur uchrashuvlardan avval vakillarimiz Toshkentda 9 noyabr kuni Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Kecha "Sport" telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalov telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu o‘yin translyatsiya qilinmasligini ma’lum qilgandi. Buning sababi Vadim Abramov muhim bahslar oldidan o‘tkazadigan taktikalari va uslublarini raqiblar bilib qolmasligi uchun shunday yo‘l tutilayotgani aytilgandi.
Bugun Axborot va ommaviy kamunikatsiyalar agentligida futbolga oid matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda futbolimiz rahbariyati va Vadim Abramov ishtirok etdi. Unda jurnalistlar Qirg‘izistonga qarshi bahs translyatsiya qilinmasligining sababini so‘rashganida, murabbiy bunga hech qanday qarshiligi yo‘qligini aytdi va "Sport TV" namoyish etishiga qarshi emasligini bildirdi. Shundan so‘ng telekanalning rasmiy telegram sahifasida O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvi jonli efirda olib berilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 9 noyabr kuni "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi. Bellashuv 17:00da boshlanadi.
Fikrlar
Shu urtoqli uyinini ham viloyatlarga bermadiya bular .qirziston vodiyga chegaradosh edi.ular kelishga qiynalmas edi
OY TUQSA HAM TOSHKENTGA
KUN TUGSHA HAM TOSHKENTGA