O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini kelishilganmidi?

  • 27.03.2019 11:52
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Tojikiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi. Natijada hamyurtlarimiz guruh g‘olibi sifatida Tailandda o‘tadigan qit’a birinchiligi yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Ushbu bellashuvdan so‘ng o‘yin kelishilganligi borasida gap so‘zlar urchidi. Bunga esa O‘FA emas PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi.

- O‘zbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi o‘yini kelishilgan degan gaplar quloqqa ko‘p chalinyapti.

Shunga yaqinroq yurgan inson sifatida bu fikrlarga qo‘shilmagan bo‘lardim. Agar maqsad qo‘shni respublika termasini ham keyingi bosqichga olib chiqish bo‘lganida, qolgan termalarga o‘xshab golli duranglar ham qilsa bo‘lardi. Aytaylik, 1:1 yoki 2:2. Bu natija Tojikistonni ham keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Masalan, eng oxirida maydonga BAA va Saudiya chiqdi. Ularni 1:1 qanoatlantirardi va ular 1:1 o‘ynashdi. Pley-off o‘yinlari ham o‘tkazilganida edi, raqobat nisbatan sog‘lomroq bo‘lardi fikrimcha.

Kecha esa tojiklar shunchaki durang uchun o‘ynadi. Terma to‘liq himoyaga yotib oldi. Qo‘shimchasiga, O‘zbekiston termasi ham o‘zi kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Ya’ni, futbolchilarimiz hujumda hech narsa qila olishmadi, ular faqatgina minimum vazifani uddalashdi.

Ha, bu o‘yin bilan Olimpiadaga borib bo‘lmaydi. Biroq bu Tailandda ham futbolchilar aynan shunday o‘ynaydi degani emas. Yaxshi tarafi, Drulovich hali million ish uni kutib turganligini kecha tushundi. Tojikistonga ham 2-3 ta gol urib, bemalolxo‘ja bo‘lganidan ko‘ra, saralashning o‘zida saboq olgani yaxshiroq, - deya yozgan Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тохиржан Холмирзаев
27/03/2019 12:43
Диерни гапидаям тутрук йук унга хам Ишонинг йук бугнги ГАПИ эртага тугри кемаяпти
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
27/03/2019 13:35
нмага ўфа ни одами гапирмай ҳамма жойда диёр гапиради? нма ўфа да гапирадиган одам йўқми?