
O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi. "G‘ijduvon"ga qarshi o‘yin oldidan "Qo‘qon-1912"da jiddiy yo‘qotish
"Qo‘qon-1912" jamoasi O‘zbekiston Kubogi doirasidagi "G‘ijduvon" jamoasiga qarshi o‘yinga Toshkent shahrida tayyorgarlik olib bordi.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, futbolchilar Toshkentdagi "To‘qimachi" stadionida o‘z mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar. Mashg‘ulotlarda jamoa sardori Murod Xolmuhammedov jarohati bois ishtirok etmayapti.
Jamoamizning ahil oilasi nomidan sardorimizga tezroq jarohatidan qutulib safimizga qaytishini tilab qolamiz, - deyiladi xabarda.
"Shunqorlar" ertaga tongda Buxoro tomon yo‘lga chiqadilar. Buxoro viloyatining "G‘ijduvon" jamoasi bilan o‘tkaziladigan o‘yin, ertaga Muborakdagi "Bahrom Vafoev" nomli stadionda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar