O‘zbekiston futzal terma jamoasi nazorat uchrashuvida Quvayt ustidan g‘alaba qozondi!

  • 16.01.2026 22:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Osiyo kubogi–2026 final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi O‘FAga qarashli Terma jamoalar markazida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Yopiq eshiklar ortida o‘tgan bahsda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Elbek To‘lqinov, Sunnatilla Jo‘rayev, Ixtiyor Ropievlar mualliflik qildi. 

Terma jamoamiz 20 yanvarga qadar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini mamlakatimizda davom ettiradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!