O‘zbekiston ham Qozog‘iston kabi UEFAga qo‘shiladimi? - Ravshan Ermatovdan javob
9 mart kuni UEFA Assist delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bir necha kun UEFA Assist vakillari O‘FA va PFL faoliyati bilan tanishdi. 13 mart kuni esa «Hilton» mehmonxonasida tashrif yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda UEFA xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Eva Paske, O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va jurnalistlar ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida Ravshan Ermatov ushbu hamkorlik futbolimizga yordam berishini, ammo bu orqali O‘zbekistonning UEFAga o‘tishi rejalashtirilmaganini aytdi.

- Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad - O‘zbekistonda futbolni yangi saviyaga olib chiqish, UEFAni tajribasini olib kirish. Biz OFK a’zosimiz. Kun tartibiga bu seminar orqali keyingi qadamda UEFAga a’zo bo‘lishni rejalashtirmayapmiz, - dedi Ravshan Ermatov.

Fikrlar
Agar UEFA ga azo bulsak mani nevaralarim xam orzu qilib yursa kerak JCH ga qachon chiqarkanmiz deb