
O‘zbekiston karate WKF terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasining 2021 yil sport tadbirlari taqvim rejasiga ko‘ra, 2021 yil Tokio (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan 32-yozgi olimpiya o‘yinlariga samarali tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoa a’zolarini texnik va taktik tayyorgarligini oshirish hamda professional darajaga ko‘tarish maqsadida, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining 2021 yil 13 yanvardagi 21/11 sonli qaroriga muvofiq? joriy yilning 11-31 yanvar kunlari Toshkent shahrida karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi.
Mashg‘ulotlarni bosh murabbiy Dilnoza Bakirova hamda O‘ktam Bekpo‘latovr olib bormoqda.
Fikrlar