O‘zbekiston Kubogi: 1/16 final juftliklari bilan tanishing

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekiston Kubogi bahslari mavsumning so‘nggi turniri sifatida 15 aprelda start oladi. Bunda 20 ta jamoa bahslarga kirishadi. 

Quyida musobaqaning 1/16 final juftliklar bilan tanishing: 

15 aprel (yakshanba)

“Istiqlol” – “Neftchi”

“G‘ijduvon” – “Qizilqum”

“Orol” – “Metallurg”

“Lokomotiv-BFK” – “Navbahor”

“Dinamo” – “Surxon”

“Zomin” – “So‘g‘diyona”

“Yozyovon” – AGMK

“Andijon” – “Buxoro”

16 aprel (dushanba)

“Iftixor” – “Qo‘qon-1912”

“Mash’al” – “Xorazm”

Taqvimda o‘nta juftlik ko‘rsatilmoqda. Qur’aga ko‘ra esa, “Sho‘rtan” va “Norin” jamoalari birinchi bosqichdan o‘yinlarsiz o‘tgan va 1/8 finalga yo‘llanma olgan. Yana to‘rt jamoa – “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Nasaf” va “Bunyodkor” o‘tgan mavsum yakunlaridagi natijalariga binoan bu yilgi bahslarni nimchorak finaldan boshlashi belgilangan.

Shunday qilib, qur’a natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi taqvim ostida maydonga tushishadi va 1/8 final ishtirokchilarini aniqlashadi: 

1.“Istiqlol” – “Neftchi” juftligi g‘olibi “Lokomotiv” bilan;

2.“G‘ijduvon” – “Qizilqum” juftligi g‘olibi “Orol”-“Metallurg” juftligi  g‘olibi bilan;

3.“Lokomotiv-BFK”- “Navbahor” juftligi g‘olibi “Dinamo”-“Surxon”  juftligi g‘olibi bilan;

4.“Iftixor” – “Qo‘qon-1912” juftligi g‘olibi “Paxtakor” bilan;

5.“Bunyodkor” – “Sho‘rtan”  

6.”Zomin”-“So‘g‘diyona” juftligi g‘olibi “Mash’al”-“Xorazm” juftligi g‘olibi bilan;

7.”Yozyovon”-AGMK juftligi g‘olibi “Andijon”-“Buxoro” juftligi g‘olibi bilan;

8.”Norin” – “Nasaf”. 

1/16 final o‘yinlari bir uchrashuvdan iborat bo‘ladi va Pro-liga jamoalari maydonida o‘tkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!