O‘zbekiston kubogi. 4 ochko to‘plagan Pro-liga klubi guruhdan chiqa olmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Kubogi 3-turidan o‘rin olgan AGMK - "Zomin" bahsi yakuniga etdi. Ushbu o‘yinda mezbonlar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Olmaliqliklarning to‘rt goli Aleksandr Kasyan, Alisher Jalilov, Shohruh Gadoev va Xurshid G‘iyosov hisobiga qayd etildi. Mehmonlarning yagona goliga Lutfullo Fayzullaev mualliflik qildi. 

Shu tariqa, AGMKning ochkolari soni 7 taga etdi va jamoa 1-o‘rin bilan guruhdan chiqish masalasini hal qildi. "Zomin" ushbu guruhda  4 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo 5 ochko to‘plagan "Lokomotiv"dan o‘tib ketishga erisha olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!