
O‘zbekiston kubogi. Chorak final uchun 25 avgust kuni qur’a tashlanadi (foto)
21-25 avgust kunlari O‘zbekiston kubogining 1/8 final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. 1/4 final uchrashuvlari esa 2-3 sentyabr kunlarida o‘tishi rejalashtirilgan.
Chorak final juftliklari masalasiga 25 avgust kuni oydinlik kiritiladi. Shu kuni soat 19:00 da kubok doirasidagi AGMK - “Metallurg” o‘yini bo‘lib o‘tadi. “Sport” telekanali bilan kelishuv asosida mazkur bellashuvning tanaffusi vaqtida chorak finalga qur’a tashlanadi va u jonli efirga uzatiladi.
2-3 sentyabr kungi bellashuvlar 17:00 hamda 20:00 da start olishi belgilangan. Juftliklar shakllangach, qaysi o‘yin qaysi vaqtda va kunda bo‘lib o‘tishiga oydinlik kirtiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi 30 oktyabr kuni Buxoroda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar