O‘zbekiston kubogi. "Lokomotiv" penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" o‘yini yakuniga etdi. Unda asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Ekstra-taymlarda jamoalar bittadan gol urdi. 

Shu tariqa, penaltilar seriyasida omad "Lokomotiv"ga kulib boqdi. "Temiryo‘lchilar" chorak final yo‘llanmasini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Bunyodkor"dan gollarni Xakimov va Ismonaliev kiritdi. "Lokomotiv" tarkibida gollarga Alijonov hamda Qobilov mualliflik qildi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!