
O‘zbekiston kubogi. Murosasiz kechgan OKMK - "Navbahor" bahsidan so‘ng ikkinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan OKMK - "Navbahor" bahsi yakunlandi. Unda asosiy vaqt 2:2 hisobida yakun topdi. Ekstra-taymlarda ham hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa omad OKMK jamoasiga kulib boqdi 4:3.
Maydon egalari safida uchrashuvdagi gollarga Sanches va Boake mualliflik qildi. Mehmonlarning ikki golini Iskanderov va Komilov (avtogol) urdi.
Shu tariqa, olmaliqliklar finalga yo‘l oldi. Qarshida o‘tadigan hal qiluvchi bahsda Qosimov shogirdlari "Nasaf" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar