O‘zbekiston kubogi. "QMU Jayxun" "Qiziqlum"ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

  • 11.05.2026 19:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi "E" guruhining 1-turidan o‘rin olgan ilk bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

"Qiziqlum" jamoasi safarda "QMU Jayhun" bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida yengildi va turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi.

Dastlab, uchrashuvning 35-daqiqasida Abdusalom Nuriddinov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning uchinchi daqiqasi o‘tib borayotganda Akmaljon Muzaffarov hisobni tenglashtirgan edi. Biroq 55 hamda 75-daqiqalarda mehmonlar ikki gol o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchrashdi. So‘nggi ikki golga Abdusalom Nuriddinov va Asadulla Qutiboev mualliflik qildi.

  • O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
  • Guruh bosqichi
team_placeholder.png

Jayxun

  • Nuriddinov 35'
  • Nuriddinov 55'
  • Qutiboyev 75'
Tugadi
3 : 1

11.05.2026 17:30

8994.png

Qizilqum

  • Muzaffarov 48'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!