O‘zbekiston maktab jamoalari Osiyo saralash bosqichida tarixiy natija qayd etdi
Joriy yilning, 7–10 aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida maktab jamoalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatiga Osiyo qit’asidan saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 19 mamlakatdan 26 ta maktab jamoasi, jami 114 nafar sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini "Wisdom school" va "Al-Khwarezmi IT school" jamoalari himoya qildi.
Natijalarga ko‘ra, "Wisdom school" jamoasi mag‘lubiyatsiz ishtirok etib, 16 ochko bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va maktab jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati (Grand Final) yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shaxsiy taxtalarda ham o‘zbekistonlik shaxmatchilar muvaffaqiyatga erishdi:
Obidjonov O‘riyat — bronza (2-taxta)
Obidov Biloliddin — oltin (3-taxta)
Abduqayumov Alisher — oltin (5-taxta)
"Wisdom school" jamoasi:
Botiraliev Abdumajid (FIDE sport ustasi, 2212), Obidov Biloliddin (2192), Obidjonov O‘riyat (FIDE sport ustaligiga nomzod, 2093), Abduqayumov Alisher (1998), Hikmatxonova Mohinur (ayollar FIDE sport ustaligiga nomzod, 1975).
"Al-Khwarezmi IT school" jamoasi:
Qurbonov Usmonjon, Davronov Islom, Shermatov Azimjon, Sharifjonova Kumushxon, Muydinov Mustafo (barchasi 1400 reyting).

Fikrlar