O‘zbekiston milliy terma jamoasi tibbiy shtabiga tajribali mutaxassislar jalb etildi

  • 22.03.2026 17:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari doirasida FIFA Series musobaqasida ishtirok etishidan xabaringiz bor. 

Jahon chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan jamoamizning tibbiy shtabiga bir qator tajribali mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Xususan, uzoq yillar davomida Italiya milliy terma jamoasi shifokori sifatida faoliyat yuritgan, sport tibbiyoti va ortopediya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis Enriko Kastellacchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi tibbiy shtabida ish boshlaydi. Kastellacchi Italiya futbol shifokorlari assotsiatsiyasi prezidenti hamda Italiya ortoped-travmatologlari milliy assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan.

Shuningdek, terma jamoa tibbiy shtabiga italyanlik fizioterapevt — Simyone Sidjilyo ham jalb etildi. Ushbu mutaxassis faoliyati davomida “Palermo”, “Salernitana” va “Benevento” klublarida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!