O‘zbekiston milliy terma jamoasida Vadim Abramov o‘rnini boshqa murabbiy egallaydimi? Davron Fayzievdan rasmiy javob!

  • 5 iyun, 2020, 14:41
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Internetda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘rniga boshqa mutaxassis kelishi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar asossiz ekanligi O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Bu yolg‘on ma’lumot, umuman unday reja, taxmin va hatto gap ochilgani yo‘q. Vadim Abramov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettiradi. Buni shaxsan o‘z nomimdan va O‘FA nomidan tasdiqlashim mumkin.

Faqat aniq ma’lumotlarga ishoning, tekshirilmagan informatsiyaga chalg‘imang, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev.

Tarmoqlarda Abramov o‘rnini ayni paytda Tojikiston terma jamoasini boshqarayotgan Usmon Toshev egallashi mumkinligi to‘g‘risida ehtimoldan ancha uzoqda bo‘lgan xabar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
jaxongir1979 fc NASAF
05/06/2020 15:09
Шаба ўқисин бу мақолани