
O‘zbekiston MTJ bugundan Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshlaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan yig‘in boshlaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bugungi mashg‘ulot soat 17:00da “Jar” stadionida tashkil etiladi. Mashg‘ulotning dastlabki 20 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz JCh-2022 yo‘lidagi Yamanga qarshi o‘yinni 10 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazishadi. 15 oktyabr kuni esa safarda Singapur bilan kuch sinashamiz.
Fikrlar