
O‘zbekiston Pro-ligasi. Qoldirilgan uchrashuvda "Sho‘rtan" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Pro-ligasi 16-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Sho‘rtan" - "G‘ijduvon" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
24-daqiqada Shavkat Rahmatov o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Bellashuvda boshqa gol kiritilmadi.
Shu tariqa, g‘uzorliklar ochkolari sonini 20 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 6-o‘rinni band etib turibdi. 13-ochkosi bor "G‘ijduvon" 9-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar