O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ravshan Haydarovni taqdirladi

  • 29.12.2020 21:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

28 dekabr kuni Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

E’tiborlisi, mukofotlanganlar ro‘yxatidan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham o‘rin olgan bo‘lib, tajribali mutaxassisimiz davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Ravshan Haydarov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoniga loyiq ko‘rilgandi.

photo_2020-09-23_20-49-56

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!