O‘zbekiston Superligasi. To‘purarlar jadvalida nima gaplar? (Foto)

  • 3 oktabr, 2022, 20:49
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Superliga 20-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Mazkur turda ham tomoshabinlar shiddatli uchrashuvlar guvohi bo‘ldi. 

O‘zPFL matbuot xizmati musobaqa to‘purarlar jadvalini taqdim etdi. Unga ko‘ra, "Qizilqum" a’zosi Temurxo‘ja Abduholiqov 11 ta gol bilan etakchilik qilmoqda.  10 ta gol urgan "Paxtakor" hujumchisi Dragan Cheran ikkinchi pog‘onani band etgan.

Shuningdek, "Nasaf"ning yosh iqtidor sohibi Husain Norchaev va "So‘g‘diyona" etakchisi Shohruz Norxonov 8 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Zoran Marushich ("Navbahor") ham 7 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatidan joy olgan.

20to‘purar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!