O‘zbekiston Superligasidagi yagona xususiy jamoa endi yo‘q! “Turon” atrofida nima gaplar? Klubga yaqin manbadan ma’lumotlar

  • 18 iyun, 2023, 17:14
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kechadan beri “Turon” klubi atrofida turli xabarlar yangramoqda. Yaypanliklarning ayni paytda boshi qotgan. Chunki “Turon Eco Cement” klubni moliyalashtirishni to‘xtatdi.

Klubga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, kecha jamoada yig‘ilish bo‘lgan va “Turon Eco Cement” rahbariyati endi jamoani moliyalashtirmasligini bildirgan. Ushbu majlisdan so‘ng ko‘plab futbolchilar jamoani tark etishni boshladi. Faqatgina ayrim futbolchilar oxirgi “so‘z” aytilishini kutmoqda. Qolaversa, bosh murabbiy Denis Bushuev ham jamoani tark etgan. U instagramdagi sahifasi orqali shunga shama qilgan.

Ayni vaqtda klub vakillari OAVga rasmiy ma’lumot berishdan tiyilmoqda. Jumladan, jamoa bosh direktori Abduvahob Ahmadalievga telefon qilib tushib bo‘lmadi (balki notanish nomerni ko‘tarmasligi mumkin, degan yaxshi gumon yo‘q emas). SPORTS.uz sayti muxbiri bosh murabbiy Denis Bushuevga bog‘langanida u ham ma’lumot berishdan o‘zini olib qochgan. Bunday paytda qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik, so‘nggi nuqta qo‘yilgandan keyin omma oldiga chiqish yangilik emas.

11

“Turon Eco Cement” rahbariyatining klubni moliyalashtirishni to‘xtatishiga sabab futbol klublariga beriladigan soliq imtiyozlari yo‘q bo‘lgani iddao qilingan. Ammo klub rasmiy sahifalarida bu haqda hech qanday ma’lumot berilmadi.

Endi yaypanliklarni kim moliyalashtirishi so‘roq ostida. Agar Farg‘ona viloyati hokimligi jamoaga homiy topishda yordam bermasa, klub taqdiri ancha yomonlashishi turgan gap.

SPORTS.uz manbasining ma’lum qilishicha, dushanba kuni bu masala hal bo‘lishi kutilmoqda. Shundagina rasmiy ma’lumotlar bilan tanishishimiz mumkin.

Avvalroq, xususiy sanalgan "Andijon" klubi ham viloyat hokimligiga o‘tkazilgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Nega yurtimizda klublarni xususiylashtirish jarayoni ortga qarab ketmoqda?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shahboz qarshi
18/06/2023 21:54
Chunki xususiy klubni bizda xoxlashmaydi bu aniq.kim xo'jayin bo'lsa 1 klubgada bizning futboldagi nayranglarga ko'nadi,hakamlarning masxarabozligiga kim qaysi inson ko'nadi xomiylik qiladi xech kim.vaqtida 10-12yil oldin arablar qiziqqan 1-2 ta klublarga lekin oxirida qo'lini ko'tarib ketishgan
&
Socceruzb
18/06/2023 17:56
Сизлар изланиб, ўрганиб бизга айтингларда! Биз қаердан биламиз)))