O‘zbekiston taklifni qabul qilmagan Lyov mundialga boshqa termani olib boradi

  • 03.04.2026 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘tgan yili O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqarishga taklif etilgan mashhur nemis mutaxassisi Yoaxim Lyov baribir jahon chempionatiga borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tajriba­li murabbiy  Gana terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin.

Topskills Sports UK nashri ma’lumotiga ko‘ra, Lyov Gana terma jamoasi bilan qisqa muddatli shartnoma bo‘yicha, ya’ni faqat 2026 yildgi jahon chempionati uchun ishlash taklifini qabul qilish arafasida.

Yoaxim 24 soat davom etgan muzokaralar natijasida shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Murabbiy oyiga taxminan 150 000 yevro ishlab topishi kutilmoqda.

Yoaxim Lev Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan edi.

AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan bu galgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Gana futbolchilari “L” guruhidan joy olgan va pley-offga chiqish uchun Angliya, Xorvatiya va Panama terma jamoalari bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!