O‘zbekiston terma jamoasi BAAdagi yig‘in doirasida ikki nazorat o‘yinini o‘tkazadi

  • 22.01.2026 20:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘in doirasida Xitoy milliy terma jamoasi hamda "Urartu" klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

"Xabardoringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Mazkur yig‘in davomida murabbiylar shtabi tomonidan terma jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish hamda ularning jismoniy holatini nazorat qilish rejalashtirilgan.

Ushbu yig‘in FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari, reja asosida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy e’tibor futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishga qaratilgan.

Shu bois, milliy jamoaning Xitoy milliy terma jamoasi hamda "Urartu" klubiga qarshi bahslari mashg‘ulot uchrashuvi formatida o‘tkaziladi. Mazkur o‘yinlar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi", — deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!