O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o‘rin oladi

  • 26 noyabr, 2020, 19:19
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yili bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasida U-20 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 23 dekabr kuni OFK bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tecno

U-20 Osiyo chempionati saralash bahslari reja bo‘yicha ikki bosqichda o‘tkaziladi. Kelasi yilning 17-21 mart kunlari dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo‘lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo‘llanmasi uchun bellashadilar.

Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur va Tojikistan mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi U-20 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o‘rin oladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Qur’a savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur, Tojikistan

1-savatcha: Vetnam, Tailand, Eron, O‘zbekiston, Nepal

2-savatcha: Livan, Qirg‘iziston, Iordaniya, Hindiston, Malayziya, BAA

3-savatcha: Bangladesh, Gongkong, Guam, Pokiston, Maldiv orollari

4-savatcha: Indoneziya, Iroq, Kuvayt, Shimoliy Mariana orollari, Falastin, Filippin, Shri Lanka, Turkmaniston

Qur’a mexanizmi: Mezbonlar savatchasi → 1-savatcha → 2-savatcha → 3-savatcha → 4-savatcha

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
26/11/2020 19:57
Таниш билиш кимасдан яхши уйинчилани йигиш керак хардоим Тошкент кулубларидан йигинга чакирмасдан зур уйинчила куп академиялада