O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q!

  • 24 aprel, 2024, 13:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kecha "Al Rabia" TV orqali Iroqning raqibini muxokama qilgan jurnalistlar terma jamoamizni dadil qarorini maqtadi. Ular O‘zbekiston U23 termasini Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan qochmay, 3 turda g‘alaba uchun o‘ynaganini aloxida e’tirof etdi.

Shuningdek, Kapadze shogirdlarini musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogar ekanligi va bizda yaxshi avlod etishib chiqayotgani xaqida fikr bildirdi. Hamyurtlarimiz gurux bosqichida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan 2 jamoadan biri bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U23 - Saudiya Arabistoni U23 jamoalari o‘rtasidagi bahs 26 aprel kuni 19:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!