
O‘zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi qanday libosda o‘ynashi ma’lum
“CAFA Nation’s Cup” musobaqasining 1-tur o‘yinlari oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqa tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarga turnirga oid ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
O‘zbekiston ertangi bahsda to‘liq oq libosda maydonga tushadi. Darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi. Ummon esa qizil libosda bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamizning Umonga qarshi uchrashuvi 11-iyun soat 20:30 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.
Fikrlar