O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Marokash bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 14.11.2023 14:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

10 noyabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumani “Qizil-tog‘” sport-sog‘lomlashtirish bazasida O‘zbekiston U-15 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida 16-19 noyabr kunlari Marokash U-15 terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Har ikki bahs “Do‘stlik” terma jamoalar markazi stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!