O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ham Tojikistonga mag‘lub bo‘ldi

  • 21 sentabr, 2020, 21:27
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Tojikiston vakillari bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun Xo‘jand shahriga etib borgan edi.

Bugun ikki qo‘shni mamlakat o‘smirlari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

"Mustaqillikning 20 yilligi" nomli stadionda o‘tgan bahsda Tojikiston U-16 terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

24 sentyabr kuni mazkur stadionda ushbu jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.

Tojikiston 1:0 O‘zbekiston

Gol: Xusrav Toirov 16

O‘zbekiston: A. Kenjaev, S. Poyonov, M. Abdurazokov, A. Xusanov, A. Vaniev, M. Usmonov, A. Xayrullaev, R. Islamov, Sh. Akramov, A. Qoxorjonov, R. Turdimurodov

Zaxiradan maydonga tushganlar: X. Mahmudov, V. Pogosyan, T. To‘xtasinov, A. Zevadinov

Bir necha kun avval, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ham tojikistonlik tengqurlariga qarshi o‘tkazilgan ikki o‘yinning birida g‘alaba, ikkinchisida mag‘lubiyat qayd etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
22/09/2020 20:52
Яшаворррэ хурозларррр
Xasan Turaev
22/09/2020 14:51
Tojikiston futboli rivojlanmoqda. Bizniki esa...