
O‘zbekiston U23 hamda yoshlar terma jamoasining Xitoy va Turkiyadagi yig‘inda ishtirok etadigan tarkibi ma’lum
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston U23 terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati e’lon qilindi. Mazkur jamoa tarkibi 2003 va 2004 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan shakllantirilgan.
Shuningdek, U23 terma jamoasiga nomzod futbolchilarni tayyorlash va zaxira nomzodlarining imkoniyatini o‘rganish maqsadida Farhod Nishonov boshqaruvidagi yoshlar terma jamoasi Turkiyada xalqaro o‘yinlar o‘tkazadi. Jamoa tarkibi 2004-2007 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat.
Fikrlar