O‘zbekiston yarim finalda Saudiyadan engildi. Olimpiada yo‘llanmasi keyinroqqa qoldi

  • 22 yanvar, 2020, 17:07
  • Bekzod Isayev
  • 31
  • Futbol
CHERY AUTO

Yana birozdan so‘ng 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkaziladi. G‘alaba qozongan jamoa Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Ushbu muhim o‘yinning matnli translyatsiyasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Jamoalarning tarkiblari bilan tanishing:

sau

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Navtbati bilan davlatlar madhiyasi yangradi. Endi o‘yin boshlanish arafasida.

1* O‘yin boshlandi. OLG‘A O‘ZBEKISTON!!!

4* Tomonlar aynaytda ehtiyotkorlikka e’tibor qaratishmoqda. To‘p uchun kurash ayni paytda maydon markazida kechmoqda.

* Hojiakbar Alijonov qarshisidagi bir raqibni aldab, to‘pni Bobir Abdixoliqovga oshirgan vaziyatda hujumchimiz o‘yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

8* Islomjon Qobilov saudiyalik futbolchining oyog‘iga tepgani uchun ogohlantirildi.

12* Xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov deyarli birga-bir vaziyatga chiqib, darvozabonning ustidan to‘pni oshirib qo‘ygandi. Biroq to‘p noaniq yo‘nalish oldi.

18* Yana bir xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov himoyachilarning xatosidan foydalanib qolmoqchi bo‘ldi. To‘pni olib, raqib posbonidan ham o‘tdi. Ammo bo‘sh darvozaga to‘pni kirita olmadi. Lekin hakam bu vaziyatda qoida buzilganini ham qayd etdi.

* Muxlislarimiz olimpiya halqalarini hosil qilishdi.

EO4RDaaU8AE99tq

25* Ayni paytga kelib bir nechta vaziyat yaratdik. Oybek Bozorov va Jasurbek Yaxshiboevda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq ulardan foydalana olmadik.

28* Ilhomjon Alijonov chap qanotdan to‘pni darvozaga yo‘naltirmoqchi bo‘ldi. Biroq yana zarbamiz noaniq chiqdi.

31* Hakam futbolchilarga suv ichib olishlariga imkon berdi. Havo yaxshigina issiq.

35* Vakillarimiz hujumlar tashkil etishmoqda. Ammo yakun o‘xshamayapti.

38* 30 metrlar uzoqlikdan arablar jarima zarbasi ishlab olishdi. Zarbani Abdulrahmon G‘arib amalga oshirdi. Baxtimizga zarba ancha noaniq.

42* Jasurbek Yaxshiboev o‘yinni o‘ziga olishga nitilmoqda. Ammo xatoga yo‘l qo‘yyapti. To‘p uzatishlari o‘xshamayapti.

45* Taym oxirida raqib bosim qilib, jarima maydonimizda ketma-ket zarbalar berdi. Yaxshiyamki, ular tepgan to‘pga himoyachilar va darvozabon qarshi chiqmoqda.

45+1* Dastlabki bo‘limga 1 daqiqa vaqt qo‘shib berdi.

45+1* Birinchi taym yakunlandi. Hisob 0:0.

EO4XgHXU8AAS0-r

* Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Ikkinchi taym boshlandi.

48* Jasurbek Yaxshiboev o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirayotganda chiziq oldidan raqib futbolchisi uni yiqitdi. Bizning foydamizga standart vaziyati. Abdulvosit Ahhindi ogohlantirildi.

51* Juda ham xavfli vaziyat yuzaga keldi. Qarshi hujumdan Abdulrahmon G‘arib foydalana olmadi. U tepgan to‘p ancha yuqoridan o‘tib ketdi.

55* Bobir Abdixoliqov jarima maydoni ichida to‘pni gavdasi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va 3 metrdan darvozaga bepgan to‘pini raqib posboni qaytardi. Bu orada qaytgan to‘pni qabul qilgan saudiyaliklarning qarshi hujumini Abdulla Abdulla qo‘pollik bilan to‘xtatdi va ogohlantirildi.

59* Ali Alhassan maydon markazida oybek Bozorovni ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.

62* Hojiakbar Alijonov chiroyli tarzda tashkil etilgan hujumni davom ettirish uchun jarima maydoni ichida sheriklariga to‘pni oshirdi. Raqiblar esa qiyinchilik bilan tepib yuborishdi.

66* Markazda Abdulla Abdullaev to‘pni oldirib qo‘ydi. Bundan foydalangan arablar qarshi hujumga o‘tib, zarba yo‘llashdi. Lekin noaniq.

69* Bobir Abdixoliqov o‘rniga Islom Kenjaboev maydonga tushdi.

74* Oybek Bozorov o‘rniga Nurillo To‘xtasinov o‘yinni davom ettiradi.

80* Arablar safida 3 ta o‘zgarish amalga oshirib bo‘lindi. Ular aftidan 90 daqiqada masalani hal etishmoqchi.

88* Gol. Saudiyalik futbolchi tepgan to‘p yo‘l yo‘lakay o‘zining o‘yinchisiga tegib, darvozamizdan o‘rin oldi.

90* O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi.

90+4* Arablar qarshi hujumdan yana gol urishdi. Lekin gol inobatga olinmadi.

90+4* O‘yin tugadi. Saudiya Arabistoni 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘llanma oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
fc.navbahor
22/01/2020 15:55
Svet ochirdi xaromilar shu tarixiy oyinga yoqio tursa bolardi itlar
Мухаммад Туйчиев
22/01/2020 16:25
БААга карши куллаган юкори зонадаги прессингни друлович саудларга карши кулламаяпти. Демак куркяпти. Ишкилиб, охири бахайр булсин! Умид киламиз ва ишонамиз!
&
Сурхон К
22/01/2020 17:34
Булмаганга булишма дейишадику. Яна колдик 2024 гача алимпиядага. Йиталаган ит овга ярамайди. Булар йиталамаку. Мурод Ризаев янаям купрок макта сенга ярашади сен шархлаган учрашувда йингилган хардойим шуни биласанми узинг хам.
&
JASUR3838
22/01/2020 17:28
Yana shu ahvol bizda 80 minut uyin 10 minut tomosha uyinchilarda jonga tigdi katalardayam kichikladayam shu ahvol ohrida gol yiymiz nimaga shunday bizda tushunmayman.
&
real madrid fanati
22/01/2020 17:23
o‘yinni o‘zlaring boy berdilaring hammasi qo‘llaringda edi chichqoqlar. faqat oldiga o‘tishdan maqsad amalga oshmadimi sal imkon berish kerak va oldingga chorlash kerak edi raqibni keyin tezkor qarshi hujimga o‘tish kerak edi drulovich senda taktika yo‘q umuman. yigitlarda ayb yo‘q ular o‘ynadi faqat hovo bosim halaqit qildi o‘yinga etibor qilingga yutgan va yaxshi o‘ynagan o‘yinlarga o‘yin kechki payt o‘tdi va charchashmagandi bollar xullas hammasi o‘zlaringga bog‘liq hali ham imkon bor o‘ynab yutsalaring borsilar tamom
Ibrahimoviç Zafar
22/01/2020 17:43
BIZGA KUCHLI MARKAZIY HUJMCHI YETISHMADI.KOPCHLIK SHUNDAY FIKIRDADIR?.
&
real madrid fanati
22/01/2020 17:48
o‘zi umuman hujumchi bor yo‘qligi sezilmadi hech bir o‘yinimizda
&
real madrid fanati
22/01/2020 17:51
yakunlovchi yo‘q kamondada
Абдусамат Жураев
22/01/2020 17:17
Алижонов Азиз Гениев чичичиб утирипкуйди ЖАРИМА майдондаям БОШ билан шунака уйналадими Узб футболчиларга текан чилада ни дард еки битта ГОЛ йетмайди еки огзидаги ошни олдиради
&
Фк сурхон
22/01/2020 17:15
Е онангни ешшак қувалагирлар бу дуруловч енгилди тактик енглди арабларга
&
Ободон
22/01/2020 17:14
Бузокни югургани сомонхонагача
Islom Esanov
22/01/2020 17:13
ex bizda ham svet o`chmadida o`chsa bo`lardi
Shehroz Ermamatov
22/01/2020 17:03
Suka shuyam uyinmi bla nimjon bolakaylarni olib ketgan u23 ga sal boydor uyinchisi yoq bu arablarni mollari ezib taylebdi Hujumda ham tirashish degan narsa yoq sàl uynash kerak bomasa final olimpeadaga yollanmadan quriq qilamiz
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
22/01/2020 15:37
Sayt hodimlari agar haqiqatdan. fudbol muhlislarni fikrini tinglasalariz. bir ogiz murabbiydan surap kuringla qani. Islom Qobilov nimasiga unga jamoa sardorlegini bergan. yoki nimasiga ishonib olib ketkan. beronta uyinga uynagni yuqki. undan kura kuchani bolasini olib ketsa ham. buncha uyinga. uz uzidan kuchayib ketardi
Ibrahimoviç Zafar
22/01/2020 17:16
Nima deymiz BOBUR ABDUXOLILOKOVGA "katta rahmat"
Аваз Бегматов
22/01/2020 17:18
Курсатган кароматигами?
Ibrahimoviç Zafar
22/01/2020 17:41
Hammaga malum BOBURNI vazyatlardan qandoq foydalangani.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
22/01/2020 21:42
Shunday lekin. Bir Boburga ayb yuq. Boburni uynatib olmagan murabbiy aybdor. Bobur uynasa hohlagan kamandani himoyasi sarosimaga turadi. Mirjahonmidi. shu bolani hujimga quyib. Boburni. Qodurqulov urniga quysa buladiki. Yahshiboev nichi bor hato qildi. Islom Qobilov aytmasa ham buladi. utkan safar ham Oybek katta hajmdaki ishni qilib chiqib ketdi
Фуркат Мирзаев
22/01/2020 18:55
Эх бу ифлослар одамни нерв килиб чарчатади ,Бу асосий терма жамоа хам куток булмайди Вадим буладиган булса жавоб 2024 йилни кутади харомилар олган маошинг буйрмагурлар асаб ,яна асаб жамоа гужир билан уйнай билмайди охиригача етказаолмайди ифлос харомилар ((ул бу кунигдан юраверларинг факат 4 йил кутиб))) туффууу
Ozodbek Sodikov
22/01/2020 18:48
Tohir Malik aytgan edi :bularni dalaga olib borib yelkalariga omoch boylab yer haydatish kerak degan edilar. Ammo omochni iflos bo'lishini o'ylamaganlar ekan
Ibrahimoviç Zafar
22/01/2020 17:50
Bu jamomizga haqiqiy Jaydari bolla yetishmadi.
&
Сурхон К
22/01/2020 17:34
Булмаганга булишма дейишадику. Яна колдик 2024 гача алимпиядага. Йиталаган ит овга ярамайди. Булар йиталамаку. Мурод Ризаев янаям купрок макта сенга ярашади сен шархлаган учрашувда йингилган хардойим шуни биласанми узинг хам.
Абдусамат Жураев
22/01/2020 17:24
ДРУЛОВИЧ Чичиб куйдинг Кенжабоев хужимда ко....г борми минг марта РАВШАН ХАЙДАРОВ ЯХШИ ЭДИ САНДАН
&
real madrid fanati
22/01/2020 17:28
to‘g‘ri gap
&
Ramzis ll
22/01/2020 17:20
Axmoq trener nimaga xujumchi tushirmay kalta Kenjaboyevni tushirdi, unda tezlik boru aqil nolku.
&
Zulfiqarov Husanboy
22/01/2020 17:12
Barchangizga raxmat yigitlar sizlar qolingizdan kelganini qildinglar nasib qilsa 3- o'rin uchun o'yinda albatta g'alaba qozonasizlar sizlarga ishonamiz
Shehroz Ermamatov
22/01/2020 17:04
Hay bla gol urdi hayr Uzbekistan????????????
&
Muzaffar blogger
22/01/2020 17:23
Murabbiyni ozgatirish kerak edi koreya qib qoyganda.
Oldingi fikrlarni ko'rsatish