O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi faoliyatini "So‘g‘diyona"da davom ettiradi

  • 13.01.2026 22:51
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsum oldidan yuksak maqsadlarni ko‘zlagan “So‘gdiyona” futbol klubi tarkibni kuchaytirishda davom ettirmoqda.

Jamoa yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida tajribali futbolchi Ollobergan Karimov bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi.

Ollobergan Karimov professional faoliyati davomida So‘gdiyona hamda Bunyodkor jamoalari sharafini munosib himoya qilgan. Shuningdek, u O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda faoliyat olib borgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!