O‘zbekistonda eng ko‘p muxlis to‘playdigan jamoa haqida

  • 18 mart, 2020, 19:48
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgi kunda mamlakatimiz jamoalari orasida eng ko‘p tomoshabinni o‘z stadioniga jalb etadigan "Navbahor" klubi 1974 yili "Tekstilщik" nomi bilan tashkil topgan.

Tecno

Dastlabki yillarda Namangan viloyati turnirlarida ishtirok etgan va 1978 yildan boshlab, SSSR ikkinchi ligasining 5-zonasida ishtirok etib, 23 jamoa orasida 21-o‘rinni egallagan. 1979 yili esa so‘nggi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, 1980 yili noma’lum sabablarga ko‘ra, namanganliklar musobaqada qatnashmagan.

1981 yili jamoa "Navbahor" degan nomga o‘zgartirildi va SSSR ikkinchi ligasidagi ishtirokini yana davom ettirdi. Ushbu chempionatda 1990 yilgacha qatnashib keldi. Bu orada, 1984-1987 yillari jamoa "Avtomobilist" nomi bilan faoliyat yuritdi. 1988-1991 yillarda esa klub "Novbahor" deb atalgan.

Ushbu davr mobaynida liga chempionligini biror marotaba qo‘lga kiritmagan, ammo ikkinchi (1989 va 1990) va uchinchi (1981, 1982 va 1988) o‘rinlarni egallashga sazovor bo‘lgan.

1991 yili Namangan klubi o‘z tarixida birinchi va oxirgi marta SSSR birinchi ligasida qatnashib, 22 ta klub orasida 9-pog‘onani egallagan.

1992 yildan boshlab, jamoa nomi "Navbahor"ga aylantirilgan va Sobiq Ittifoq davrlari yakuniga etib, O‘zbekiston chempionatida ishtirok etishni boshlagan.

Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan chempionatning Oliy ligasida "Navbahor" 16 ta jamoa ichida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan va O‘zbekiston Kubogi chempionligini nishonlagan dastlabki klub sifatida tarixga kirgan.

Shundan so‘ng, ketma-ket 3 mavsumda (1993, 1994 va 1995) Oliy liganing bronza medali sohibiga aylangan. 1993 yili mamlakat kubogining finaliga qadar etib borgan bo‘lsa, 1995 yili tarixda ikkinchi marotaba O‘zbekiston kubogi g‘olibiga aylangan.

1996 yili jamoa tarixda birinchi marta O‘zbekiston chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan va bu natija "lochinlar" tarixida Oliy ligadagi yagona chempionlik hisoblanadi. Keyingi 3 mavsum davomida jamoa yana ketma-ket tarzda bronza medali sohibi bo‘lgan. 1998 yilda jamoa o‘z tarixida uchinchi bor va hozircha, so‘nggi bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan.

1999 yili "Navbahor" yutuqlari orasiga O‘zbekiston Superkubogini ham qo‘shib qo‘ygan. 2000-2002 yillarda jamoa sovrinlar yuta olmagan, ammo 2003-2004 yillari ketma-ket ikki marotaba bronza medaliga ega bo‘lgan.

2005 yildan boshlab, afsuski, jamoada pasayish yuzaga kela boshlagan va O‘zbekiston chempionatining "o‘rtamiyona" jamoalari orasida tilga olina boshladi.

Ushbu vaqt mobaynida jamoa egallagan eng yuqori o‘rni 2017 yilga to‘g‘ri keladi. Shu yili "Navbahor" 5-pog‘onani band etdi.

Oradan 14 yil o‘tib, namanganliklar sovrin yutishni uddasidan chiqishgan. 2018 yili O‘zbekiston Superligasida uchinchi o‘rinni egallagan "lochinlar" 9-bor bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Erishgan yutuqlari:

O‘zbekiston chempioni - 1 marta (1996).

O‘zbekiston chempionatining bronza medali sohibi - 9 marta (1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018).

O‘zbekiston Kubogi sohibi - 3 marta (1992, 1995, 1998).

O‘zbekiston kubogi finalchisi - 1 marta (1993).

O‘zbekiston Superkubogi sohibi (1999).

Namangan klubi 1996/97 yilgi mavsumda Osiyo kubok egalari kubogida qatnashgan. Birinchi bosqichda Iroqning "Al-Quva" klubiga qarshi bahs olib borib, 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan va javob uchrashuvini safarda o‘tkazib, 5:2 hisobida g‘alaba qozongan "Navbahor" ikkinchi bosqichga yo‘l olgan. Ushbu bosqichda esa Eronning "Istiqlol" klubi raqiblik qilgan. O‘z uyida 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan namanganliklar safarda 3:0 hisobi bilan raqibini enggan va mehmonda urilgan gol evaziga Eron klubi keyingi bosqichga yo‘llanma olgan.

1997/1998 yilgi mavsumlarda Osiyo chempionlar kubogi deb nomlangan musobaqaning saralash bosqichida Tojikistonning "Dinamo Dushanbe" va Turkmanistonning "Nisa" klublari to‘sinidan o‘tib, guruh bosqichiga chiqqan. Guruh bosqichida Livanning "Al Nasr" va Eronning "Persepolis" klublari bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga yutqazib qo‘ygan.

1999/2000 yili Osiyo kubok egalari kubogida "Navbahor" 4-o‘rinni band etdi. Dastlab, Qozog‘istonning "Qaysar" klubini 1:0 hisobida mag‘lub etib, javob o‘yinida 2:2 hisobida durang qayd etgan va chorak finalda Saudiyaning "Al Ahli" klubiga qarshi bahslashgan. "Al Ahli"ga o‘z maydonida 1:6 hisobida yutqazib qo‘ygan Namangan shahrining jamoasi javob o‘yinida 2:0 hisobida zafar quchgan, ammo saudiyaliklar musobaqadan chetlashtirilgani bois, "lochinlar" yarim finalga chiqqan. Ushbu bosqichda Iroqning "Al Zavraa" jamoasiga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda Tailandning "Bangkok Bank" jamoasiga ham imkoniyatni boy bergan.

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Superligasida eng ko‘p tomoshabin tashrifi aynan Namanganda kuzatiladi. Ishqibozlarning jon kuyarligi va ularning jamoaga bo‘lgan mehru-sadoqatiga nafaqat O‘zbekistonning, balki O‘rta Osiyoning ko‘plab hududlarida havas bilan qarashadi.

Juda kuchli tarkibga ega bo‘lgan "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda munosib raqiblik ko‘rsatishni uncha-muncha jamoa eplay olmaydi, ammo "lochinlar" Toshkent klubiga etarlicha muammo tug‘dira oladi. 2020 yilgi mavsumning dastlabki tur bellashuvida ham ushbu ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelgandi va haqiqiy futbolni O‘zbekistonda ham ko‘rib, xursand bo‘lib turganimizda hakamlar o‘z ta’sirlarini o‘tazishdi, aks holda, Namangan shahriga tegishli bo‘lgan jamoadan ko‘p narsa kutish mumkin edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
18/03/2020 20:57
ТУГРИСИ НАВБАХОР ТАРИХИ ГАП ЙУК ОСИЕ ЧИМ ЛИГАСИДА НОРМАЛНИ КАТНАШГАН ЭКАН ХОИЗИРГАЧА ОЛИЙ ЛИГАДАН ТУШИБ КЕТМАГАН ИККИ ЖАМОА ДАН БИРИ НАВБАХОР
Umarjon G'oyifov
19/03/2020 08:16
Навбахорни хамма ўйинлари яхшию лекин шу водий дербиларида катталарни аралашиши ёмонда. Тушунгандирсила.
Muhammad Rahmatillaev
18/03/2020 20:14
Мақола учун рахмат Навбахорни тарихини билмаганлар айниқса ёш авлод учун яхши малумот бўлибти Спортс.уз ходимларига хам рахмат мақола учун Навбахор буюк тарихи бор жамоа.
&
fc.navbahor
19/03/2020 16:01
Kotta raxmat shu maqolani tayorlaganlarga va sports.uzga xam oxiri yoqdi sudyalani aralashuvi dep xaqiqatni yozipsilar
Juravay Jumanovich
19/03/2020 07:19
Пахтакор стадионини бузишдан кура Намонгонда янги стадион куриш керак, шунда футбол ривожланарди. Тошкентда шундок хам стадионлар буш ётибти.
Azya Olley
19/03/2020 06:44
Ushbu ma'lumotlar un katta rahmat!!! Bu Nasafmi,Navbahormi, Paxtakormi biz halol futbol tarafdorimiz.Kuchlilar g'alaba qozonsin. OLG'A NAVBAHOR!!!
&
Isanbaevjavlon566@gmail.com
18/03/2020 20:14
Gapyo yoq
Aser Resa
19/03/2020 18:35
Navbahor nı stadıonini kattalashtirish k.k