O‘zbekistonga ikkita gol urgan futbolchi mamlakatdan chiqib ketolmayapti

  • 14 iyun, 19:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron milliy terma jamoasi va Italiyaning “Inter” klubi hujumchisi Mehdi Taremi AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun safarga chiqa olmayapti.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, 32 yoshli futbolchi Tehrondan Kaliforniyaga borishi kerak edi . Lekin Eron va Isroil o‘rtasida boshlangan qurolli mojaro tufayli bu mamlakatlarning havo yo‘llari yopilgan va parvozlar noma’lum muddatga to‘xtatilgan.

Manbaga ko‘ra, Taremi mamlakatni tark etish uchun Tehro xalqaro aeroportiga kelgan, biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan bu erdan ketishga majbur bo‘lgan.

Ayni paytda “Inter” vakillari futbolchi bilan aloqada bo‘lib turibdi va vaziyatdan chiqish yo‘llari qidirilyapti.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash turniri doirasida O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga ikkita gol urgan Mehdi Taremi Eron futbolchilarini mundialga olib chiqqan edi. O‘sha uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan va forslar Osiyo mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!