
O‘zbekistonlik "Ajdar"ning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik MMA jangchisi, "Ajdar" nomi bilan mashhur Azamat Nuftillaevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.
Hamyurtimiz avvalroq Ivan Shtirkov va Fabio Maldonado kabi mashhurlar bilan jang qilishi borasida muzokaralar o‘tkazilgan edi. Biroq ba’zi sabablar va pandemiya tufayli, ushbu to‘qnashuvlar amalga oshmay qolgandi.
Uzoq kutilgan jang va nihoyat, tashkil etiladigan bo‘ldi. Nuftillaev 20 fevral kuni Rossiyaning Samara shahrida mezbonlar vakili Oleg Kubanovga (5-4) qarshi oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Mazkur jang OFC ( Open Fighting Championship) promousheni tomonidan o‘tkaziladi. Yurtdoshimiz o‘zining ettinchi jangini o‘tkazadi. U professional faoliyati mobaynida 6 ta jangning barchasida g‘alabaga erishgan.
Ushbu jangda yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Bobur Tagiev ozarbayjonlik jangchiga qarshi ringga ko‘tariladi
Sher Mamazulunovning raqibi ma’lum. U Toshkentda jang qiladi
Nursulton Ro‘ziboev Toshkentda jang qiladi
Avliyoxon Hamidov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan taqdirlandi
Fikrlar