
"O‘zbekistonlik Habib" "avstraliyalik MakGregor"ga qarshi jang qiladi
12 yanvar kuni Bangkok shahrida ONE Lumpine turniri tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida hamyurtimiz Kamronbek Ortiqov (2-0) ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.
U avstraliyalik Royal Kuperga (4-0) qarshi jang qiladi. Kamronbek ushbu ligada 2-jangini o‘tkazyapti. U 1- jangida aynan Kuperning jamoadoshi Persival Mvambini mag‘lub etgandi. Biz ushbu jang borasida ONE FCning rasmiy menejeri Ozod Pardaev xamda murabbiy Doniyorbek Ro‘zievning fikrlari bilan qiziqdik.
O.Pardaev: Albatta, qiziqarli jang bo‘ladi. Raqib oddiy emas, biroq Kamronga ishonamiz. Ushbu jangda g‘alaba qozonsa, imkoniyatlar yanada oshadi. Umuman olganda maqsadimiz o‘zbekistonlik jangchilarni yanada yuqori darajaga chiqishi uchun, yurtimiz sharafini Xalqaro arenalarda munosib himoya qilishdan iborat. Albatta, xalqimizning duosi, qo‘llab-quvvatlashlari orqali chiroyli g‘alabalaini qo‘lga kiritamiz.
D.Ro‘ziev: Tayyorgarlik juda yaxshi, menejerimiz Ozod aka Pardaev barcha imkoniyatlarni yaratib beryapti. Kamronning jismoniy holati ham yaxshi. Bu erda Muhammad Mokaev, Pyotr Yanlar bilan mashg‘ulotlar olib boryapmiz. Albatta, g‘alaba va mag‘lubiyat barchasi yaratganni izmi bilan bo‘ladi. Raqibni avstrayalik MakGregor deyishmoqda. Albatta, raqibimiz anchagina saviyali, janglarini ko‘rib chiqdim. Raqib avstraliyalik MakGregor bo‘lsa, shogirdim o‘zbekistonlik Habib va men unga ishonaman. Nasb qilsa, chiroyli g‘alabaga erishamiz, degan umiddaman!
Fikrlar