
O‘zbekistonlik hakam OChL uchrashuvini boshqarib boradi
Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan “Al-Rayyan” – “Sharja” uchrashuvini o‘zbekistonlik hakam Aziz Asimov boshqarib boradi.
Hamyurtimizga qanotlarda Kvak Seungsun (Janubiy Koreya) va Yoqub Almutairi (Quvayt) yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa yana bir koreyalik mutaxassis Kim Higun faoliyat olib boradi.
“Al-Rayyan” – “Sharja” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 19 aprel soat 22:15 da boshlanadi.
Fikrlar