O‘zbekistonlik hakamlar Ronaldu jamoasi ishtirokidagi OChL bahsini boshqaradi

  • 7 sentabr, 2023, 19:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi “E” guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Persepolis” (Eron) hamda “An-Nassr” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda FIFA hakamlarimiz Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam berishadi.

Tecno

Shuningdek, zaxira hakami vazifasini yana bir top FIFA hakamimiz Ahrol Risqullaev bajaradi. Eng quvonarli jihati shundaki, ilk bor OChL bahsida o‘zbek referisi VARda ishlaydi. OFK VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlagan Firdavs Norsafarov ushbu bahsda AVAR sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlagan yana bir hakamimiz Abdurashid Xudoyberganov ham “Lion Siti” (Singapur) – “Bangkok Yunayted” (Tailand) bahsida AVAR vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.

Osiyo Chempionlar ligasi | “E” guruhi, 1-tur
“Persepolis” – “An-Nassr”

19.09.2023

Hakamlar:

Ilgiz Tantashev
Andrey Sapenko
Timur Gaynullin
Ahrol Risqullaev
Firdavs Norsafarov

Osiyo Chempionlar ligasi | “F” guruhi, 1-tur
“Lion Siti” – “Bangkok Yunayted”
20.09.2023

Abdurashid Xudoyberganov

Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv 19-20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hakamlarimizga ushbu uchrashuvlarda omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Алим Ахмедов
08/09/2023 01:04
Шуларни ишини унглаб Уша юртда коли́б кетишсин.
&
Farxod Mirzamatov
07/09/2023 19:58
Ilgiz krissaku
&
Бахромжон Турсунов
07/09/2023 19:45
Омад