O'zbekistonlik hakamlar va rasmiylar Elit Chempionlar ligasining 1-tur uchrashuvlarida ishlaydi

  • 03.09.2026 16:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi 15 sentabr kuni BAAda bo‘lib o‘tadigan “Al Ayn” va “Al Nassr” jamoalari o‘rtasidagi bahsni boshqarib boradi.

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
AVAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Elit Chempionlar ligasining dastlabki tur o‘yinlariga tayinlandi:

14 sentabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tadigan “Al Qadisia” va “Al Vasl” bahsida Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi.

16 sentabr kuni Tailandda bo‘lib o‘tadigan “Port FC” va “Vissel Kobe” uchrashuvida Valentin Kovalenko hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!