O‘zbekistonlik jangchi faqat nokaut bilan yutish mumkin bo‘lgan g‘ayritabiiy turnirda debyut qildi

CHERY AUTO

Hamyurtimiz Mansurbek Tolipov muaytayning professional yo‘nalishi bo‘yicha “MAS Fight” turnirida navbatdagi jangini o‘tkazishi borasida xabar bergan edik. Bugun, Kambodja mamlakatida tashkil etilgan, ushbu ajobtovur turnirda yurtdoshimiz mezbon Sinjaga qarshi ringga ko‘tarildi va durang natijaga erishdi.MAS Fight” ning ushbu turniri yangi tashkil etilgan bo‘lib, g‘ayritabiiy tarzda o‘tkaziladi. Ya’ni, bir raund bo‘ladi xolos. Ushbu yagona raund 9 daqiqa davom etadi. Eng qizig‘i esa, 9 daqiqa mobaynida nokautga uchratgan tarzdagina g‘alaba qozonishingiz mumkin.Qolgan har qanday holatda ham durang qayd etiladi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Mansurbek muaytayning professional yo‘nalishida 60 ta jang o‘tkazgan, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 10 bora mag‘lubiyatga uchragan. Faoliyati mobaynida profi yo‘nalishda jahon va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!