O‘zbekistonlik jangchi Tailanddagi MMA kechasida raqibini "uxlatib" qo‘ydi (Video)
Universal jangchilarimizdan biri Nurmuhammad Adamxonov kuni kecha Tailandda Legend Fighting Championship ligasida MMA bo‘yicha navbatdagi jangini o‘tkazdi. Ma’lumki, Adamxonov professional muaytay ustasi sanaladi. O‘ta engil vazn (61.2 kg) toifasida oktagonga ko‘tarilgan yurtdoshimiz tailandlik raqibini 1-raunddayoq "sabmishen"ga uchratib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qiziq jihati, Adamxonov endi professional boksda ham o‘z omadini sinab ko‘rmoqchi. U 30 aprel kuni Bangkok shahrida tashkil etiluvchi EFS (Evolution Fight Series) turniri doirasida tailandlik Kittikxun Dechapanatga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang 59 kg tvazn toifasida, 4 raunddan iborat bo‘ladi.
Albatta, ushbu jangda yurtdoshimizga omad tilaymiz!

Fikrlar