O‘zbekistonlik kikboksingchilar Jahon kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi

CHERY AUTO

Budapesht shahrida WAKO – Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan kikboksing bo‘yicha 26 - Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

2021 yil 16-19 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi.

Kikboksingchilarimiz mazkur chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun yuqori darajada tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi.

Jahon kubogi bahslarida Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax va Buxoro viloyatlari vakillaridan tarkib topgan 30 nafar O‘zbekiston kikboksingchilari jamoasi ishtirok etadi.

Bugun mazkur sportchilar hamda kikboksing sohasi mas’ul shaxslaridan 9 nafar delegat, jami 41 kishi Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroporti orqali Toshkentdan Budapeshtga yo‘l oldi.

Jahon kubogi musobaqalarida sportchilarimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!